GmoneyPay hisobingizga pul qo’shishning uchta usuli mavjud. Siz to’g’ridan-to’g’ri debet hisob orqali, bank o’tkazmasi usuli orqali yoki agar sizda Koreyada bank hisob raqamingiz bo’lmasa, naqd pul orqali pul kiritishingiz mumkin.
To’g’ridan-to’g’ri debet usuli

- Asosiy ekrandan “Pul qo’shish”ni tanlang
- To’g’ridan-to’g’ri debetni tanlang
- To’g’ridan-to’g’ri debet hisobingizni tanlang
- Qo’shmoqchi bo’lgan summangizni kiriting
- 6 raqamli PIN kodini kiriting
Eslatma: To’g’ridan-to’g’ri debitdan foydalanish uchun avval to’g’ridan-to’g’ri debetni ro’yxatdan o’tkazish kerak.
Bank o’tkazmasi usuli
- Asosiy ekrandan “Pul qo’shish”ni tanlang
- Bank o’tkazmasini tanlang
- Hisob raqamingiz ko’rsatilgan
- Ko’rsatilgan hisob raqamni va bankni o’zingiz istagan summaga to’ldiring
Naqd pul bilan qo’shish usuli

- Asosiy ekrandan “Pul qo’shish”ni tanlang
- “Naqd pul bilan qo’shish”ni tanlang
- Hisob raqamingiz ko’rsatilgan
- Eng yaqin bankka borib, bank hodimlaridan naqd pulingizni deposit qilib berishlarini so’rang yoki LOTTE ATMga borib, naqd pulingizni berilgan virtual hisob raqamiga qo’ying
Eslatma: GmoneyPay hisobingizni naqd pul orqali to’ldirishda bankomatdan foydalanish haqida batafsil ma’lumot uchun «Qanday qilib pul qo’shish kerak» tugmachasini bosing.