GmoneyPay hisob raqami Koreyadagi mablag’laringizni boshqarishni osonlashtiradi. Siz pulni depozit qilishingiz, pul yuborishingiz, pul yechib olishingiz, avtomatik pul o’tkazmalar rejimini o’rnatib qo’yishingzi mumkin . GmoneyPay hisobini ro’yxatdan o’tkazish tez va oson. Agar siz GmoneyTrans dasturini ro’yxatdan o’tkazgan bo’lsangiz, siz avtomatik ravishda GmoneyPay hisob qaydnomasida ro’yxatdan o’tasiz.
Birinchi marta ro’yxatdan o’tayotgan bo’lsangiz, quyidagi amallarni bajaring
ID yaratish
Kirish ID-sini yaratishning 3 xil usuli mavjud:
1.Facebook
a.Facebook belgisini bosing
b.Facebook ilovasi bilan tizimga kiring yoki Facebook ID va parolingizni kiriting.
c. Har doim shu usul bilan kiring
2.Google
a.”Google” belgisini bosing
b. Ko’rinib turgan elektron pochtangiz ustiga bosib, tizimga kiring yoki elektron pochta manzilingiz va parolingizni kiritish orqali tizimga kiring.
c. Har doim shu usul bilan kiring
3. Email
Ushbu qo’llanmada elektron pochta yordamida ID yaratishni o’rganamiz.
a.”Yangi Hisob Raqam” tugmasini bosing
b.”Barchasiga rozi bo’lish” tugmasini bosing
c. “Keyingisi” tugmasini bosing
Keyingi ekranda:
- E-mail manzilingizni kiriting
- 10ta belgidan iborat parol kiriting (harflar va raqamlardan iborat bo’lishi shart)
- Shu yangi parolni qaytadan kiriting
- Ismingizni xuddi ID kartangiz yoki Pasportingizdagidek yozing
- Bilsangiz taklif kodini kiriting yoki shunchaki bosh qoldiring
- Filial kodini tanlang
- “Keyingisi” tugmasini bosing
Birozdan so’ng elektron pochtangizga GmoneyTrans-dan tasdiqlash xabari boradi va siz shu xabar orqali elektron pochtangizni tasdiqlashingiz kerak bo’ladi. Elektron pochtangizni tasdiqlaganingizdan so’ng, o’zingiz yaratgan elektron pochta manzilingiz va parolingizni yozib, «Kirish» tugmasini bosing.
Ma’lumotlarni kiritish
Ushbu bosqichda o’zingizning ma’lumotlaringizni aniq taqdim etishingiz kerak. Iltimos, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni aniq yuklang. Agar sizning shaxsiy rasmingiz aniq bo’lmasa, biz fotosuratingizni rad etib, qayta yuklashingizni so’raymiz.
- Fuqaroligingizni tanlang
- ID turini tanlang
- ID raqamini kiriting
- Jinsingizni tanlang
- Tug’ilgan sanangizni kiriting
- Kasbingizni belgilang
- Jo’natishdan maqsadni belgilang
- Koreyadagi yashab turgan shahringizni tanlang
- Koreyadagi to’liq manzilingizni kiriting
- “Keyingisi” tugmasini bosing
Mobile raqamni tasdiqlash
- «Barchasiga rozi bo’lish» va «Keyingisi» tugmalarini bosing
- Telefon raqam davlatini tanlang
- Telefon raqamni kiriting
- “Tasdiqlash kodini so’rash” tugmasini bosing
- SMS orqali kelgan 6 raqamli kodni kiriting
- “Tasdiqlash” tugmasini bosing
ID rasmini yuklash
- Iltimos ID kartangiz old va orqa tomonini rasmga oling
- ID kartangizni old tomonini ko’rsatgan holatda Selfie-ga tushing
Muhim: ro’yxatdan o’tish tugadi. Endi siz GmoneyPay hisob raqamingizga naqd pul bilan deposit qilib, foydalanishni boshlashingiz mumkin. To’g’ridan-to’g’ri Debet Hisob raqamni ro’yxatdan o’tkazish uchun sim kartangiz ID kartangizga olingan bo’lishi va sizda Koreya bank hisob raqami bo’lishi kerak. Sim Kartangiz ID kartangizga olinmagan bo’lsa ham GmoneyPay-dan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun Koreya bank hisob raqamingizdan GmoneyPay hisob raqamingizga pul o’tkazishingiz kerak.
Ma’lumot: To’g’ridan-to’g’ri Debet Hisob raqamni ro’yxatdan o’tkazish haqida shuyerda