Bu imkoniyatdan foydalanish uchun Siz Gmoneytransning faol foydalanuvchisi bo’lishingiz kerak. Do’stlaringizni Gmoneytrans ilovasidan foydalanishga taklif qilib, taklif qilingan do’stlaringizning har biri uchun 5000 vonlik kuponlarga ega bo’lishingiz mumkin. Kuponlaringiz miqdori 50,000 vonga yetganda uni naqd pul sifatida o’z hisobingizga o’tkazib olishni so’rashingiz mumkin. Shunda biz yig’ilgan summani GmoneyTrans ilovasida ro’yxatdan o’tkazilgan Bank Hisob raqamingizga o’tkazib beramiz. Nechta do’stni taklif qilishda hech qanday limit yo’q.
Undan tashqari sizning taklif kodingiz bilan ilovamizni o’rnatib olgan do’stingiz uchun birinchi o’tkazma bepul bo’ladi.
Qanday qilib:
a. Do’stingizga Gmoneytrans ilovasini sizning taklif kodingiz bilan o’rnatib olishni taklif qiling
b. Unga birinchi o’tkazmani kupondan foydalangan holda amalga oshirishga yordam bering
c. O’tkazma muvofaqqiyatli amalga oshirilishi shart
Taklif kodimni qanday topaman?
a. Bosh Menudagi “Kupon” tugmasini bosing.
b. “U” harfi bilan boshlanuvchi 7 xonali kodni toping
Taklif kodni qanday kiritish
a. GmoneyTrans ilovasini do’stingizning mobil telefoniga yuklab oling
b. Ro’yxatdan o’tishning birinchi boshqichida “Taklif kodi” deb so’ralgan qismiga o’z kodingizni kiriting
Kupondan qanday foydalanish
Ro’yxatdan o’tish jarayoni tugaganidan so’ng do’stingizga birinchi o’tkazmani bepul amalga oshirish uchun 100% lik kupon beriladi. Bu kuponni tekshirish uchun:
a. Bosh Menudan “Kupon” tugmasini bosing
b. “Mening kuponim” tugmasini bosing
Kupondan foydalanish jarayoni
a. Pul jo’natish tugmasini bosing
b. Qabul qiluvchini tanlang
c. Jo’natish summasini kiriting
d. Sal pastroqdagi “Kupondan foydalanish” tugmasini bosing
e. Foydalanilmagan 100% li kuponni tanlang (shundan so’ng xizmat haqi olinmaydi)
f. Jo’natish hisob raqamini tanlang (Bank hisobingiz/GmoneyPay hisobingiz)
g. ‘Keyingisi” tugmasini bosing
h. 6 raqamli o’tkazma Pin kodingizni kiriting
i. “Bajarildi” tugmasini bosing