Hozirgi rivojlangan zamonda bank plastik kartalaridan foydalangan holda to‘lov tizimidan foydalanish keng tarqalgan. Ular supermarketlar, do‘konlar, servis kompaniyalari, uyali aloqa kompaniyalari, avia va temir yo‘l kassalari, yonilg‘i quyish shoxobchalari va boshqalarda to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadi. Elektron terminallar bilan jihozlangan istalgan savdo nuqtasida plastik kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.